Jajji nigohda ulkan tasavvur

Bolalar dunyosi bir qarashda oddiy tuyulsa-da, g'oyat rang-barang va murakkab. Shu bois bo'lsa kerak, ular o'z olamini o'zicha tasavvur qilishadi va harkatlarida ajabtovur aks etadi. Masalan, bola qo'liga qalamni olib rasm chizishga chog'lansa, u tasavvuridagi olamni ko'z ilg'amas chizgilarda yoki ranglarda namoyon etadi. Buni tushunish va anglash juda mushkul. Lekin, mana shu chizgilarda uning hayotga qo'ygan ilk qadami, yoinki kelajakda kim bo'lishi mumkinligi ayon bo'ladi. Balki u kelajakda buyuk musavvir bo'lar.

Mana shunday tushunarsiz chizgilardan tasviriy san'atga mehr qo'ygan Kamila Sagatova ham 11 yoshda bo'lishiga qaramasdan tengdoshlari orasida iste'dodli o'quvchi­lardan sanaladi. Uning serjilo bo'yoqlarda ishlangan go'zal, boy mazmun-mohiyatga ega bo`lgan suratlari bar­chaning diqqat-e'tiborini ­jalb etmasdan qolmaydi. Chunki, u chizgan rasmlar yorqin va maftunkordir.

Kamila Yunusobod tuma­nidagi 86-o'rta umumta'lim maktabining 4-sinf o'quvchisi bo'lishiga qaramasdan ko'p­gina yutuqlarni qo'lga kiritishga ulgurgan. U 2012-yilda «Yangi avlod» respublika ko'rik-tanlovida qatnashib, faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Kamilaning tasviriy san'atga qo'ygan ilk qadamlaridan va katta yutuqlaridan biri 2012-yilda «Toshkent-Plaza» mehmonxonasida o'tkazilgan shaxsiy ko'rgazmasi bo'ldi. U bu ko'rgazmadan o'ziga bir olam taassurotlar olish bilan birgalikda bu sohada u qilishi kerak bo'lgan vazifalar talay ekanligiga amin bo'ldi.

– Men bu ko'rgazmamda juda hayajonladim. Chunki, odatda bunday ko'rgazmalarda professional rassomlarning betakror ishlari namoyish etiladi. Lekin, ko'rgazmada mening chizgan rasmlarim ko'pchilikka yoqdi va men bundan juda xursand bo'ldim, – deydi Kamila ko'rgazma taassurotlari bilan o'rtoqlasha turib.

Joriy yilning 15-iyul kuni esa «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg'armasi yosh ijodkorlar orasida o'z o'rniga ega bo'lib kelayotgan yosh mo'yqalam sohiblarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning mashaqqatli ijod yo'liga mardonavor qadam tashlashi uchun ko'mak berish va o'z o'rnida o'sib kelayotgan yosh tasviriy san'at ixlosmandlariga alohida o'rnak qilib ko'rsatish maqsadida tasviriy san'atga ixlosmand bolalar ishtirokida Kamila Sagatovaning navbatdagi shaxsiy ko'rgazmasi tashkillashtirildi.

Kamilaning ko'rgazmadan joy olgan natyurmort, peyzaj, kompyuter grafikasi janrlaridagi turli-tuman yorqin ranglardagi asarlarida jajji qalb egasining butun tasavvur olami aks etgan bo'lib, mahorat bilan chizilgan ushbu rasmlar ko'pchilikning diqqat-e'tiborini tortmasdan qolmadi.

Яна ўқинг:  МАЪРИФАТГА ИНТИЛИШ халқимизнинг азалий одатларидан биридир

Biz o'z o'rnida yosh musavvirga o'zining go'zal va betakror asarlari bilan insonlar qalbiga iliqlik ulashishida davom etishini tilab qolamiz.

M. HASANOVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: