Beparvolik boshga tashvish keltirar

 Yong‘in xafsizligi xizmati Ichki ishlar vazirligi tarkibida mustahkam mavqega ega bo‘lgan xizmatlardan hisoblanib, yurtimizda yong‘inlarning oldini olish, insonlar hayotini saqlash, sodir bo‘lgan falokatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash borasida ijobiy natijalarga erishmoqda.

Shuni aholida ta’kidlab o‘tish lozimki, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari jasorat ko‘rsatib, mehnatkash xalqimiz hayotini, mol-mulkini, milliy boyligimizni tabiiy ofat, falokat va yong‘inlardan asrab, o‘z xizmat burchlarini sidqidildan ado etishayotir. Bu esa o‘zining ijobiy samarasini berib, yildan yilga respublikamiz hududida yong‘inlar soni qisqarib bormoqda.

Afsuski, ba’zi yurtdoshlarimizning e’tiborsizliklari tufayli o‘z ish joylarida, uylarida elektr jihozlari, tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilmasliklari oqibatida turli ko‘ngilsizliklar kelib chiqmoqda. Buning natijasida peshona teri evaziga yetishtirilgan boyliklar va qad ko‘targan binolar, xalq xo‘jaligi maskanlari yong‘in tufayli jiddiy zarar ko‘rmoqda.

Shunday ekan barchamiz ogoh bo‘lishimiz, tabiiy boyliklarni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylashimiz zarur.

Yodingizda bo‘lsin, yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra uning oldini olgan afzal!

 

M. USMONOV,

Toshkent shahar IIBB, YOXB, O‘MOYOXTB boshlig‘i, mayor

Yana o‘qing:  ER YIGIT – YURT POSBONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: