Karatechilarimiz Dubaydagi musobaqada ishtirok etadi

16-18 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo‘yicha “Karate 1-Premier League #2” turniri o‘tkaziladi.

Mazkur nufuzli turnirda har bir vazn toifasida 64 nafar eng sara sportchi ishtirok etadi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt nafar sportchi bilan qatnashadi. Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolari taqdim etadigan turnirda Sadriddin Saymatov, Doston Otabolayev, Barno Mirzayeva hamda Bahriniso Boboyevalar yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Yigitlarimiz O‘ktam Bekpo‘latov qo‘l ostida turnirda qatnashsalar, qizlar Dilnoza Bakirova boshchiligida tatamiga chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida Parij shahrida o‘tkazilgan “Karate 1-Premier League #1” turnirida Sadriddin Saymatov ishtirok etib, bronza medali sohibiga aylangandi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Rak kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: