Ulug‘ shoirlar yodi

G‘allaorol tibbiyot kolleji o‘quvchilari o‘rtasida buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur yubileylari munosabati bilan g‘azalxonlik kechalari o‘tkazildi.

Unda ulug‘ shoirlar asarlaridan parchalar keltirilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Kecha so‘nggida o‘quv dargohida faoliyat yuritayotgan “Navo” ansambli a’zolari ishtirokida ulug‘ bobomiz g‘azallari bilan aytiladigan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Shu kuni kitob yarmarkasi ham tashkil etilib, unda ota-onalar, mehnat faxriylari, pedagog va o‘quvchilar tomonidan turli mazmundagi kitoblar xarid qilindi. Shuningdek, davra suhbatlari, adabiy-ijodiy o‘yin hamda viktorinalar ham tashkil etildi. Bayramona o‘tgan tantanali kecha barchaga manzur bo‘ldi.

 

Go‘zal ERGASHEVA,

Zulxumor ISLOMOVA,

kollej o‘qituvchilari

Yana o‘qing:  Imperator vorisiga tahdid solgan xastalik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: