Bobolarga ehtirom
Namangan shahridagi 64-umumta’lim maktabida Navoiy va Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan tadbirlarda go‘zal manzaraning guvohi bo‘ldik. O‘tkazilgan kechada o‘quvchilar ikki ulug‘ shoirning she’ru g‘azallarini ifodali o‘qishdi. Ular asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, maqom yo‘nalishidagi taronalar ijro etildi. Bundan tashqari Navoiy ijodiga oid insholar tanlovi tadbirlarning mazmuni va qamrovini yanada boyitdi.
Klara KALONOVA