Anesteziya inson uchun zararli(mi?)
Avstraliyalik olimlar anesteziyada qo‘llaniladigan moddalarning inson ongiga ta’sir etish mexanizmini o‘rganish ustida ko‘p yillik izlanishlar olib bordi.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, anesteziya vositalari turkumiga kiruvchi moddalar uxlatuvchi ta’siridan tashqari, miya hujayralarining o‘zaro bog‘lanishiga to‘sqinlik qiladi. Ya’ni, kuchli uyqu chaqiruvchi vosita sintaksin 1A oqsili harakatlanishini cheklaydi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yadi. Natijada asab hujayralari o‘rtasidagi bog‘lanish uziladi. Shuning uchun ham bunday “tibbiy uyqu” vaqtida inson atrofidagi hodisalarni yaxshi eshitadi va ko‘radi. Biroq, miyaning turli qismlari o‘zaro bog‘liqlikda ishlamaganligi sababli qabul qilayotgan axborotlarni anglab yetmaydi.
Bundan tashqari anesteziyaning tibbiyot xodimlarini tashvishlantiradigan yana bir muhim jihati inson xotirasini o‘chirib, qayta yozadi. Ya’ni, miyaning ayrim qismlarini ishlashdan to‘xtashi sababli informatsiya uzatilishi to‘xtaydi va o‘z-o‘zidan xotiraning o‘chishiga sabab bo‘ladi. Narkozdan keyingi xotiraning qisman yo‘qolishini bunday holatning qoldiq qismi sifatida kuzatish mumkin. Inson organizmiga salbiy ta’sir etuvchi bu kabi dori vositalaridan biri propofol ekanligi qayd etilmoqda.