Idish yuvuvchi shaffof mashina

”Heatworks” kompaniyasi “Tetra” nomli kichik hajmli idish yuvuvchi mashinani ishlab chiqardi.

Bu mashina 2-3 kishidan iborat oilalar uchun mo‘ljallangan. Kattaligi mikroto‘lqinli agregat hajmiga teng bo‘lgan “Tetra” qurilmasi shaffof qobiq bilan qoplangan bo‘lib, undagi yuvish jarayonini kuzatib turish mumkin. U birvarakayiga 2 kishilik to‘plamli idishlarni yoki 10 ta likopchani yuvadi. “Tetra” suv tarmog‘iga ulanmaydi. Unga suv qo‘lda quyiladi. Buning natijasida 1 yilda 5700 litr suv va ancha miqdorda yuvish vositalarini tejab qolish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar hozircha uning bozordagi bahosi 300 AQSH dollaridan kamroq bo‘lishini aytishmoqda.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: