“Nasaf” OCHLning guruh bosqichida!

Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga saralash bahsida o‘z maydonida Iordaniyaning “Al-Faysali” jamoasini qabul qildi.

“Nasaf” futbolchilari o‘yinni hujumkor ruhda boshladi. Golban, yosh futbolchimiz Bobur Abduxoliqov, Azizjon G‘aniyev va Dragan Cheranning gollari hamda 86-daqiqada Doniyor Narzullayevning to‘p uzatmasini raqib jamoasi a’zosi Yosir Al Ravashdeh o‘z darvozasiga joylab qo‘ygan goli hamyurtlarimizga g‘alaba olib keldi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada “Al-Faysali” futbolchisi Alban Mehan jarima to‘pidan gol urib, hisobni qisqartirdi. Yakuniy hisob – 5: 1.

Shunday qilib, “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining “C” guruhida “Persepolis” (Eron), “As-Sadd” (Qatar), “Al-Vasl” (BAA) futbolchilari bilan kuch sinashadi. 13 fevral kuni guruh bosqichining birinchi o‘yinida futbolchilarimiz Eronda “Persepolis” jamoasi a’zolariga qarshi maydonga tushadi.

Qatarning “Al-Garafa” jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga saralash bahsida maydonga tushdi.

Afsuski, toshkentliklar qizg‘in bahsda 2: 1 hisobida g‘alabani boy berishdi va yo‘llanmadan mahrum bo‘lishdi.

Yana o‘qing:  Saxovatning savobi bisyor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: