Saratonning oldini olishda samarali saboqlar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda yiliga saraton bilan kasallanish dunyo bo‘yicha 10 million kishini tashkil qilar ekan. Shundan ularning 70 foizga yaqini shu yilning o‘zida davo muolajalariga qaramasdan hayotdan ko‘z yumar ekan.

Bu ko‘rsatkich 2020 yilga kelib 2 marta, 2030 yilga kelib 3 marta oshishi kutilmokda. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha eng ko‘p kasallanish 1-chi o‘rinda o‘pka saratoniga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, yiliga 1,5 mln. kishi, shundan shu yilning o‘zida davolash muolajalariga qaramasdan 1,3 million bemor vafot qiladi. Ikkinchi o‘rinda sut bezi saratoni turadi, ya’ni yiliga 1,15 million ayol kasallansa shundan 600 ming bemor bir yil ichida vafot qiladi. Uchinchi o‘rinda bachadon bo‘yni va keyingi o‘rinlarda yo‘g‘on ichak, me’da, jigar, prostata bezi xavfli o‘sma kasalliklari turadi.

O‘zbekistonda shu yaqin yillarda saraton (xavfli o‘sma) bilan kasallanish har 100000 aholi soniga nisbatan 66.1, Xorazm viloyatida kasallanish 62.1, o‘lim ko‘rsatgichi 38.0 ni tashkil qilgan. 2016 yil davomida viloyatimizda 1182 nafar bemor xavfli o‘sma kasalligi bilan birlamchi hisobga olinib, hozirgi kunda hammasi bo‘lib 5847 nafar bemor hisobda turibdi. Oldingi o‘rinda ayollar sut bezi saratoni, ular 900 nafarni, bachadon bo‘yni saratoni 671 nafarni, tuxumdonlar xavfli o‘smalari 356, nafar me’da saratoni 128 nafar bemorni tashkil qiladi. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, saraton kasalligi hozirgi kunda ham zamonaviy tekshirish va davolash usullari joriy qilinishiga qaramasdan dolzarbligicha qolmokda.

Kasallikni kelib chiqish sabablari ekzogen (tashqi) omillar ya’ni, kimyoviy, fizik, biologik va endogen (ichki omillar), ya’ni, organizmda kanserogen (rak keltirib chiqaruvchi) moddalarning sintezlanishi, gormonal muvozanatning buzilishiga bog‘liq.

Olimlarning ta’kidlashicha, yana boshqa omillar ham borki, bularga noto‘g‘ri ovqatlanish, buning natijasida 35 foiz, tamaki chekish natijasida 30 foiz, atrof-muhitning ifloslanishi 3 foiz, viruslarning organizmga tushishidan 10 foiz, nasldan-naslga o‘tish borasida 5-10 foiz, quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarning salbiy ta’siri natijasida 5 foiz, ionli nurlanish natijasida 3 foiz va alkogolli ichimliklar iste’mol qilish natijasida 2 foiz onkologik kasalliklar kelib chiqishi isbotlangan.

2017–2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha “Harakatlar strategiyasida” belgilab berilganidek, Prezidentimizning 2017 yil aprel oyidagi (“O‘zbekiston Respublikasida onkologik xizmatni yanada yaxshilash va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”)gi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlariga binoan Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy markazi – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, viloyatlar onkologiya dispanserlari esa markaz filiallariga aylantirildi. Ushbu filiallarga markazning yetakchi ilmiy xodimlari rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filialiga tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor Po‘latov direktor qilib yuborildi. Mana 5 oydirki filialimizda onkologik xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tubdan o‘zgardi. Xasta kishilarning davo muolajalaridan so‘ng tuzalib ketishlari uchun barcha tibbiyot xodimlari yanada jonbozlik bilan mehnat qilmoqdalar. Ularni tibbiy tekshirish va davolash ishlari, shifoxonaga yotqizish, operatsiya qilish, o‘z vaqtida maxsus davo (kimyoterapiya) muolajalarini olishlari, yaxshi sharoitlarda amalga oshirilmokda. Ushbu markaz mutaxassislari tumanlarga chiqib onkolog vrachlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularga zarur tavsiyalar berishmoqda.

Yana o‘qing:  Bahorning shirin tashvishlari

Onkologiya sohasida dolzarb muammo – bu keng kamrovli profilaktik ishlar va kasallikni erta bosqichlarida aniqlashdir. Buning uchun joylarda shifokorlarni onkologik hushyorligini oshirish, tibbiyot xodimlari aholi o‘rtasida o‘z vaqtida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilishi, skrining tekshiruvlarini barcha kasalliklar bo‘yicha olib borish va ayniqsa, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirishi lozim. Ayniqsa, ular televideniyeda, matbuotda chiqishlar qilishlari zarur. Sog‘lom odam yiliga hech bo‘lmaganda bir marta tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi shart. Ya’ni, kasal bo‘lmasdan oldin har bir inson shifokorlarga murojaat qilishi maqsadga muvofiq. Filialimizda sut bezi saratoni kasalligining oldini olish maqsadida ayollarga muhim ma’lumotlar va saraton kasalligining 21 ta asosiy belgisi, uning profilaktikasi haqida eslatma varaqalari chiqarildi va shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga, QVP larga tarqatildi. Mutaxassislarimiz saraton kasalligini tekshirish, uni davolash va oldini olish borasida, dori-darmonlar, yangi tibbiy asbob-uskunalar to‘g‘risida videoroliklarni fuqarolarga taqdim etmoqda.

Hozirgi kunda filialimizda 7 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatib, laborator tekshiruvlar asosida, tibbiy uskunalar (kompyuter tomografiyasi, rentgen, mammografiya, ultratovush tekshiruvlari)ga asoslanib bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yilib, aholiga ixtisoslashtirilgan onkologik xizmat ko‘rsatib kelinmokda. Xastalarga zamonaviy davo muolajalari o‘tkazilmoqda.

 

Matniyaz MATNIYAZOV,

tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor

Xorazm viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: