Dori qutingiz shaymi?

Har bir oilada dori quti bo‘lishi kerak. Uni tayyor holda ham xarid qilish yoki oila a’zolarining yoshi hamda salomatligiga qarab har kim o‘zi tayyorlashi mumkin. Xonadon dori qutichasida quyidagi dorilar bo‘lishi shart:

«Vishnevskiy» yoki «Ixtiol» malhami (yiringli yaralar uchun), haroratni tushuruvchi hapdorilar, ya’ni atsetilsalitsilat kislota (aspirin), paratsetamol, yo‘tal qoldiruvchi tabletka, xantalli qog‘ozlar (gorchichnik), valeriana nastoykasi, borniy spirt, yod nastoykasi, novshadil spirti, bint, paxta, kompress qog‘ozi, birinchi yordam uchun bog‘lov paketi, leykoplastir, harorat o‘lchash uchun termometr, pipetka (tomizg‘ich), tonometr va fonendoskop (qon bosimini o‘lchaydigan asbob), no-shpa bo‘lishi lozim. Shuningdek brilliant yashilining 1 foizli spirtli eritmasi, kaliy permanganat kukuni, validol, nitroglitserin (yurak xurujida qo‘llaniladi) bo‘lishi kerak.

Dori qutida dorilar tartibli ravishda saqlanishi kerak. Unda noma’lum dorilarni mutlaqo saqlamaslik lozim. Har qaysi shisha idish yoki quticha ustiga ichidagi dorining nomi aniq qilib yozib qo‘yilishi zarur. Agar dorining ustida bunday yozuvlar bo‘lmasa uni tashlab yuborish shart. Shu bilan birga ba’zi dorilarning yorlig‘ida ko‘rsatib qo‘yilgan saqlash muddatiga qat’iy rioya qilish zarur. Uzoq saqlanib qolgan dorilarni, ayniqsa suyuq dorilar (mikstura, ekstrakt va boshqalar)ni ishlatmaslik kerak. Sababi bunday maxsus tayyorlanuvchi dorilarning muddati uzog‘i bilan 10 kunni tashkil etadi.

Dorini ishlatishdan avval uning yorlig‘idagi ko‘rsatmalarni o‘qib, so‘ng dorining qachon tayyorlanganligi va saqlash muddatiga e’tibor berish lozim. Rangi va ta’mi o‘zgarib qolgan, ya’ni cho‘kma hosil bo‘lgan, xira tortib qolgan dorilarni ishlatmaslik kerak. Ichiladigan suyuq dorilarni surtma dorilardan alohida saqlagan ma’­qul. Barcha dorilar bolalar qo‘li yetmaydigan quruq, salqin va qorong‘u joyda saqlanishi lozim.

Dori qutidan tashqari uyda bemorni parvarish qilish uchun kerak bo‘ladigan qu­yidagi buyumlar bo‘lishi kerak. Grelka, muz xaltachasi, esmarx krujkasi (huqna uchun) meditsina bankalari, rezina jgut, ko‘k chiroqli reflektor, ko‘zni yuvish uchun mo‘ljallangan stakan bo‘lishi lozim.

Nargiza Uglamova

Yana o‘qing:  O‘sma kasalliklarini erta aniqlash – sog‘ayish garovidir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: