Qishki olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi

Koreya Respublikasining Pyongchang shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari 9-25 fevral kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Unda sayyoramizning 90 ta davlatidan 6 ming 500 dan ziyod sportchi va rasmiy shaxslar ishtirok etishi kutilmoqda.

2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi himoya qiladi. Bular – figurali uchish bo‘yicha Misha Ge va tog‘ chang‘isi sporti bo‘yicha mamlakat terma jamoasi yetakchisi Komiljon To‘xtayev.

Musobaqalarga birinchi bo‘lib Misha Ge kirishadi. U 16 fevral kuni “Gangneung Ice Arena”da figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qilsa, ertasiga erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Komiljon To‘xtayev 18 fevral kuni tog‘ chang‘isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22 fevralda esa slalom bo‘yicha musobaqada qatnashadi. Tog‘ chang‘isi bo‘yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekistonlik astronomlar yangi yulduzni kashf qilishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: