Futbolchilarimiz finalda

Xitoyda futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining yarim final uchrashuvlari yakunlandi.

Kunshan shahridagi “Kunshan Stadium”da o‘tkazilgan yarim final uchrashuvida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlar terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. O‘yinning 33-daqiqasida iste’dodli futbolchimiz Zabihillo O‘rinboyev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Xvang Xyun Su jarimadan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga urdi va hisobni 1: 1 ko‘rinishiga olib keldi.

Bahsning asosiy vaqtida hisob o‘zgarmadi. Qo‘shimcha taymda g‘alabaga bor kuch-g‘ayratlari bilan harakat qilgan futbolchilarimiz raqib darvozasini 3 marotaba ishg‘ol qildi. Ushbu gollarga Azizjon G‘aniyev, Jasurbek Yaxshiboyev hamda Akromjon Komilov mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasi o‘rtasidagi o‘yin 4: 1 hisobida yakunlandi.

Endi futbolchilarimiz final uchrashuvida Vyetnam termasiga qarshi maydonga tushadi. Koreyalik futbolchilar esa uchinchi o‘rin uchun qatarlik tengdoshlari bilan raqobatlashadi.

Yana o‘qing:  “Orzu”da orzudagi uylar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: