Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Samarqand shahrida dzyudo bo‘yicha 2001–2002 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.
Ikki yuzdan ziyod polvon qatnashgan chempionatning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarida Odiljon Obidov, Abdulla Sa’dullayev, Maqsud Ochilov, Tehron Erkinov, o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida Ulug‘oy Mamarajabova, Fotimaxon Tursunboyeva, Halimajon Qurbonova, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
T. ORTIQOVA