Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashga oid qarori sportchilarimizni kelgusidagi nufuzli musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi A. Sultonovning hisoboti tinglandi. Unda mamlakatimizda 2017 yilda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, mamlakatimizda o‘tgan yili qator sport turlari bo‘yicha Osiyo chempionati va xalqaro turnirlar tashkil etildi, sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 770 dan ortiq medalni qo‘lga kiritdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov so‘zga chiqdi.

Yana o‘qing:  Konservatoriya faoliyati e’tirof etildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: