Mitti kompyuterga aylangan quloqchin
Wi-Fi, 3G, ovozli boshqaruv va fitnes-treking funksiyalarini bajaradigan, smartfon yoki boshqa qurilmalarga ulanishga ehtiyoj sezmaydigan va o‘zining mitti kompyuteriga ega quloqchin yaratildi.
Vinci 2.0 quloqchinlari Cortex A7 rusumidagi 4 yadroli o‘rnatilgan protsessor, 1 GBli o‘zgaruvchan xotira va 16 yoki 32 GBli o‘zgarmas xotiraga ega. Tarmoqqa ulanish uchun esa Wi-Fi, 3G va Bluetooth bilan ta’minlangan. Og‘irligi 86 gramli korpus ichiga aksselometr, girometr, kompas, yurak urishini o‘lchovchi moslama va GPS kabi o‘lchagichlar o‘rnatilgan bo‘lib, to‘laqonli fitnes-treker funksiyasini bajara oladi. Shuningdek, unga 600 mAs hajmga ega akkumulyator, 1,1 dyuymli OLED sensorli ekran o‘rnatilgan.
Uning Pro va Super modellari shovqinni to‘sish, Super modeli esa hatto, kuchli shovqinda ham ovozni tanuvchi mikrofon bilan ta’minlangan. Ovozli aloqa asosan II va Amazon Alex tizimlari orqali boshqariladi.
Mahsulot 2018 yil aprel oyidan boshlab, 89 AQSH dollardan yetkazib beriladi.