“Vos-vos” fikrlarning sababi
Konkordiya universiteti xodimlari qo‘rquv hissi odamlardagi ma’lum bir harakatlarni bir necha bor qayta tekshirib ko‘rishga, shu bilan birga bu holat ko‘plab xavotirga, vahimaga tushish kabi ruhiy holatlarga ham sabab bo‘lishini aniqladilar.
Tadqiqotda 133 nafar obsessiv-kompulsiv ruhiy holatga uchramagan talaba ishtirok etgan. Ko‘ngillilar yolg‘on elektroensefalogrammalar natijalari bilan ta’minlanib, ularning bir guruhiga parishonxotirlikdan xavfsirab yurishi, ikkinchi guruhiga esa bunday holat ularga xos emasligi aytilgan. Keyin talabalarga kompyuterda rasmni boshqarish, berilayotgan har bir buyruqni tasdiqlash bilan bog‘liq bir nechta topshiriqni bajarish taklif etilgan.
Tadqiqotchilarning kuzatishicha, topshiriqni bajarish natijalarida farq bo‘lmasa-da, parishonxotirlikdan xavfsirash darajasi yuqori deyilgan ishtirokchilar harakatlarini qayta tekshirib ko‘rishgan.