Jasur va qo‘rqmas ota o‘g‘il tarbiyasida muhim

 O‘zbek oilalarida o‘g‘il bola tarbiyasi erkak kishi zimmasiga yuklatiladi. Afsuski, ba’zi otalar yelkasidagi bu mas’uliyatni doim ham his qilavermaydi. Natijada farzand balog‘atga yetganda ota va o‘g‘il o‘rtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga keladi.

Otalar borgan sari urishqoq va jizzaki bo‘lib borayotgan farzandidagi o‘zgarishlarni hech ikkilanmasdan zamonga ag‘daradi: “Bugungi zamon farzandlar tarbiyasiga shunday salbiy ta’sir ko‘rsatayapti”. O‘g‘ilga esa otaning har bir gapi malol kela boshlaydi. Xo‘sh, nega shunday? Negaki, siz hech qachon o‘g‘lingizning xohish-istaklari bilan qiziqmagansiz, uning tarbiyasiga befarq bo‘lgansiz. Mana shu befarqlik tufayli ular bilan shug‘ullanishga vaqt ajratolmayapsiz.

Bolakay hamma narsaga taqlid qilarkan, u otasidan andoza oladi. Shuning uchun siz namunali ota sifatida uning ko‘z oldida namoyon bo‘lishingiz shart. U sizdagi odatlarni tez o‘zlashtiradi. Bilib qo‘ying, hech qachon bolangizga ojiz, jur’atsiz ko‘rinmang, aksincha jasur va qo‘rqmas insondek gavdalaning. Ana shunda u ham siz kabi bo‘lishga intiladi. O‘zidagi eng yaxshi sifatlarni yuzaga chiqaradi.

Ishlaringiz ko‘pligini bilamiz. Ammo farzandingiz siz tomon talpinganda uni eshitishga vaqt ajrata oling. Agar o‘zingizni undan olib qochsangiz, o‘g‘lingiz o‘ziga do‘stni ko‘chadan izlay boshlaydi. Eshitganda ham ko‘zlaringiz, qarashingiz, qalbingiz bilan uni tinglashni o‘rganing. U berilib tinglayotganingizni ko‘rganidan keyin yuragidagi barcha qiziqishlari-yu orzularini sizga to‘kib soladi.

Hech qachon unga ortiqcha g‘amxo‘rlik qilmang. Bir ish buyurdingizmi, o‘sha ishni bajarib bo‘lgunicha unga yordamlashmang. U mustaqillikni, sizning ko‘magingizsiz ham hamma ishni uddalashni o‘rgansin. Bolani avaylab, unga yordam beraverishingiz kelajakda uni o‘zgalar yordamisiz tavakkaliga ish qilolmaydigan insonga aylantiradi. O‘g‘lingizga har kuni bajarishi shart bo‘lgan biror vazifa yuklang. Masalan, u har kuni uydagi chiqindilarni ko‘chaga tashlab kelsin. Bu uning har kungi vazifasiga aylansin. Chunki u kelgusida bir uyning ustuni bo‘ladi. Shuning uchun hozirdanoq majburiyatlarni bo‘yniga olishni o‘rgansin.

Bola biror taklif bilan kirsa, tashabbusini so‘ndirmang. Mayli, u uncha zarur bo‘lmagan taklif aytar, ammo o‘sha ishi kerakmasligini o‘zi tushunsin.

Tashabbuskorlik – o‘g‘il bola uchun zarur xislatlardan biri. O‘g‘lingizga biror narsani va’da qildingizmi, uni albatta bajaring. Aks holda farzandingizning sizga bo‘lgan ishonchi so‘nib qoladi.

Erkak – oila ustuni, bo‘lajak Vatan himoyachisi, o‘z so‘ziga ega kuchli shaxs. Kelajakda farzandingiz ham ana shunday shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga ishonchimiz komil. Shunday o‘g‘il o‘stiringki, unda kamchiliklaringiz emas, fazilatlaringiz aks etib tursin. Uni ko‘rganlar, u bilan suhbatlashganlar, “qaniydi, shunday o‘g‘lim bo‘lsa”, deb orzu qilsin. Aminmiz, shunday yigit tarbiyalash sizning qo‘lingizdan keladi.

Yana o‘qing:  Mashaqqatli yo‘lning zahmati erishilgan natijalarda unutiladi

 

Dilfuza AZIMOVA tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: