Hujayra himoyachisi

Bu rezavor meva tarkibida antioksidantlar ko‘pligi sababli u hujayrani shikastlanishdan asraydi.

Ayniqsa, saraton (rak) kasalligiga irsiy moyilligi mavjud insonlar mavsum davomida bir kunda 150-200 gramm sarxil malina (xo‘jag‘at) iste’mol qilsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshqa vaqtda uni shakar bilan aralashtirib muzlatgichda saqlash kerak. Yana ushbu mahsulot anemiya (kamqonlik)ning ham oldini oladi. Odatda anemiya xastaligi onkologik jarayonning tezlashib ketishiga sabab bo‘ladi. Chunki kamqonlik sababli immunitet tushib ketadi. Immun tizimining faoliyati izdan chiqsa turli kasalliklar organizmni behol etadi.

Odatda uddaburon bekalar bahorda va kuzda “g‘arq” pishgan malina mevasidan murabbo va jemlar tayyorlab qishgi mavsumga zahira tayyorlab qo‘yishadi. Ammo, shifobaxsh ta’siri kuchli bo‘lishi uchun rezavor mevaning 1kg og‘irligiga nisbatan 2 kg shakar aralashtirib, yog‘och qoshiqda ezilgani eng foydali hisoblanadi. Bunday usulda tayyorlangan xo‘jag‘atni muzlatgichning quyi qismida shisha bankalarda va og‘zi yopiq holda saqlash kerak. Uning bir osh qoshig‘ini bir stakan qaynagan (ammo, qaynoq emas) issiq suvga aralashtirib ichish gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)ga chalingan bemorlarni qattiq terlatadi. Xasta kishini parvarish qilayotgan uning yaqinlari bemorning “jiqqa” terga botgan kiyimlari va choyshabini tez-tez almashtirib turishga harakat qilishlari zarur. Aks holda yuqorida qayd etilgan kasalliklar asorat bilan kechib, zotiljam (pnevmoniya)ni ortirib olish hech gap emas.

Yana o‘qing:  Mashaqqatli yo‘lning zahmati erishilgan natijalarda unutiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: