“Men baxtli onaman”
Men baxtli onaman. Bu so‘zni baralla aytishdan huzurlanaman. Chunki bugun mening ham o‘g‘lim yurtning asl farzandlari qatorida Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tamoqda. U Vatan himoyachisi! Aslida yurt tinchligi va osoyishtaligini qo‘riqlash har bir yigit uchun muqaddas vazifalardan biri. Mana shu muqaddas vazifani burch deb bilgan o‘g‘lon, Vatanning asl farzandi bo‘ladi. Bunday farzand ota-onaning undan kutayotgan orzu-umidlarini ham ro‘yobga chiqaradi. Ha, farzand iqboli ona qalbini g‘ururga to‘ldirar ekan. Men farzandim tufayli “askar onasi” degan sharafga erishdim. Bundan ko‘ksim tog‘, g‘ururim osmon. Bunday e’tirof naqadar yoqimli ekanligini farzandlari milliy armiya saflarida xizmat qilayotgan onalar yaxshi bilishadi. Otalarini, onalarini ana shunday mehr-muhabbatga, e’tiborga sazovor qilayotgan harbiy xizmatchilar – bahodir o‘g‘lonlar sog‘-omon bo‘lsin. Biz onalar duoga qo‘l ochib, ularga faqat yaxshiliklar sog‘inishdan charchamaymiz.
Iqbol ISMOILOVA,
Xorazm viloyati