Xalqaro turnir yakunlandi

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar bilan birga Avstraliya, Ukraina, Braziliya, Afg‘oniston, Rossiya va Keniyadan professional sportchilar o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqaning ochilishida Prezidentimiz Islom ­Karimov rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishning samarali vositasi sifatida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

«O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qilgan xalqaro turnirda bu yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Musobaqada Muzaffar Rajabov braziliyalik Dos Santes-Alves Tenornoni, Rustam Ma’diyev keniyalik Gitxuka Leonard Ngangani mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Reyting janglarida hamyurtlarimizdan Muso Mametov afg‘onistonlik Asadulo Qurbon Alini, Husan Baratov ukrainalik Oleg Mandikni, Shamsiddin Yo‘ldoshev hamyurti Sirojiddin Eshonboyevni, Odil Sirojiddinov avstraliyalik Sedman Kodi Joilni, Bobur Rahmatov rossiyalik Rustam Zaripovni, Rustam Yusupov ukrainalik Taras Mandikni yengdi.

Bayram AYTMURODOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Musiqa va tarbiya

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: