Pomidor va olma o‘pka kasalliklariga qarshi kuchli vosita
Jons Xopkins universitetida olib borilgan tadqiqotlar pomidor va ko‘k olma iste’mol qilish chekuvchilarga, ifloslangan havo sharoitida yashovchilarga xos bo‘lgan o‘pkaning shikastlanishiga, yallig‘lanishiga qarshi kurashda yaxshi samara berishini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, chekuvchilarda 30 yoshdan so‘ng o‘pkaning to‘laqonli ishlashida muammolar paydo bo‘la bo‘ladi. Bunga har bir inson salomatligining umumiy ahvoli va o‘ziga xosligi ham ta’sir qiladi.
2002 yilda 600 nafar ko‘ngillilarda ovqatlanish ratsionining inson o‘pkasiga ta’siri o‘rganilgan edi. Unda o‘pkaning holati, ovqatlanish ratsioni va insonning kun davomida qancha chekishi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot yaqinda yana qaytadan o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, bir kunda 2-3 ta pomidor va 1 ta ko‘k olma iste’mol qilgan kishi o‘pka kasalliklari bilan kamroq og‘rishi ma’lum bo‘ldi.
Chekuvchilarda esa bunday holat yanada yaqqolroq namoyon bo‘lar ekan.
Ekspertlarning fikricha, pomidor va olmadan tashqari, boshqa mevalarni ham ko‘proq iste’mol qilish foydadan xoli emas. Biroq, meva sharbatlari unchalik samara bermasligi mumkin.