MADINANING OPPOQ ORZULARI

Madina Sa`dullayeva endigina 10 yoshga to‘lyapti. Poytaxtdagi 182-maktabning 4- sinfida a‘lo baholarga o‘qiydi. Shu bilan birga maktab to‘garaklariga faol qatnashadi. Gimnastika, rassomlik, biser tikish to‘garaklarining mashg‘ulotlariga o‘zgacha qiziqish bilan ishtirok etadi. Uning rassomlik to‘garagida ustozi Latifa Asomiddinovadan o‘rgangan yigirma beshdan ortiq chizgan suratlarini ko‘zdan kechirib katta taassurot oldik.

U ko‘nglidan o‘tkazgan narsani chizishni xush ko‘radi. Latifa opasi ham shunga o‘rgatgan. Tabiatdan, ko‘rgan manzaralaridan olgan taassurotlarini ko‘nglidan o‘tkazib aks ettirish tabiiylikka o‘rgatadi deb hisoblaydi ustozi.

Madina chizgan suratlariga o‘zi nom qo‘yishni yoqtiradi. “Oqqushim, oppoq qushim”, “Ming rangda tovlanar tovusim”, “Xon baliq- baliqlar sultoni”, “Quyoshli osmon”, “Ayiqpolvonim”, “Toychog‘im”, “O‘rdagim”, “Qorbobo” kabi suvratlari e`tiborni tortadi.

Turli xil gullarni chizish borasida ham turkum suratlari bor. Shuningdek, “Kleopatra” va “O‘zbek qizlari” deb nomlangan suratlari ham kishini o‘ziga jalb etadi. Portretlar ichida ayniqsa, “Nigoh” deb nomlangan surati e`tiborimni tortdi. Unda ayolning nazari, nigohi gullar orasida aks ettirilgan. Ayollarning nigohi guldek nozik bo‘lishi kerak deyaptimi?! Yoki ayollar nigohi hamisha gullarga tushsa, yurtda ezguliklar ko‘p bo‘ladi deyaptimi?!. Har holda unda o‘ziga xos nimalardir bor. “Ayol nigohida-tinchlik” deb nomlagan bo‘lardim. Har holda suratdagi falsafiy fikr mushohadaga undaydi. Kichkintoy rassomning yutug‘i ham shunda. Eng asosiysi rasm chizayotgan bolaning, yoki turli to‘garaklarga qatnashayotgan o‘quvchining fikr doirasi, tasavvurlari kengayadi. Ijodkorligi yuksaladi. Kelajakda qaysi kasbni egallamasin ijodkorlik, izlanish unga hamroh bo‘ladi, — deydi maktab direktori Sayyora Abdurahmonova.

Nodira SAIDOVA

Yana o‘qing:  KASB MAHORATI IJODKORLIKDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: