MUVAFFAQIYATLARIMGA QANOTSAN VATAN!

Hech bir ijodkor yo’qki, Vatanining go‘zalligi, uning sahovatidan, rangin dunyosidan ilhomlanib ijod qilmasa. Men ham yurtimning yosh ijodkor farzandi sifatida uning rang-barang hayotidan zavqlanib, ilhomlanib yashayman.

Vatanim arzimagan yutuqlarimni qadrlab, yana ham yuksak marralarga erishishimga qo‘sh qanot, shijoat, ham iroda, ham matonat bo‘ldi. Ilk bor sahnaga chiqib, o‘z iste‘dodimni namoish etganimda, “San`at g‘unchalari” respublika yosh musiqachilar tanlovida III-darajali diplom bilan taqdirlanganimda yurtimning, xalqimning, yuksak ishonch va daldasini his etdim.

2008-yil noyabr oyida Qozog‘istonning Aktobe shahrida “Klassika-2008” ko‘rik-tanlovida ikkinchi o‘rinni, Astana shahrida 2011 yil dekabr oyida “Astana — Merey” ko‘rik tanlovida faxrli birinchi o‘rinni egallashimning barchasi bildirilgan ishonch va yaratilgan imkoniyatlarning mahsuli deb bilaman.

Shu yili 19-aprel kuni Fransiyada o‘tkazilgan “Nikolay Rubinshteyn” nomli xalqaro pioninochilar ko‘rik-tanlovida ham faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritdim. Tanlov so‘nggida qalbim bir entikdi. Ko‘nglimdan bir o‘y betinim aylanaverdi. Soddagina, ijodkor o‘g‘lingga imkoniyat eshigini ochib, qo‘llab quvvatlab, ikkilanishsiz dalda bo‘lib, ishonch bildirding! O‘zingga ta‘zimdaman, Xalqim!

Bu yili Toshkent davlat Konservatoriyasiga grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Kelgusida rejalarim, orzularim bir olam. Yurtimning mustaqillik bayrami munosabati bilan “Yoshimiz 21da” deb nomlangan musiqiy hadyamizni tez kunlarda taqdim etamiz. Shu yili dekabr oylarida Qozog‘iston shahrida to‘rt yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadigan “SABIT”deb nomlangan Xalqaro pioninochilar ko‘rik tanloviga tayyorgarlik ko‘ryapman. Nasib qilsa galdagi yutug‘imni ham o‘zingga armug‘on etaman, Vatanim! Yana bir bor qutlug‘ ayyoming muborak bo‘lsin.

Qahramonjon G‘ULOMOV

Яна ўқинг:  Kelajak – bilimdon yoshlar qo'lida

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: