O‘zbekiston – iste’dodlar makoni

Yurtimizda ham ma’nan, ham jismonan sog‘­lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan vazifalardan biridir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek kelajak yoshlar qo‘lida. Ertamizni esa bugun o‘z qo‘limiz bilan yaratamiz. O‘zbekiston iste’dodlar makoni. Yoshlarimizning ko‘plab sohalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor samarasi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ana shunday iste’dodli yoshlarimizdan biri, “Nihol” mukofoti sovrindori Hurshida Jo‘rayeva.

– Iste’dod va mehnat! San’atkor uchun bularning qay biri muhimroq deb o‘ylaysiz?

– Avvalo, iste’dod bu insonga hayotdan, taqdirdan berilgan yuksak mukofot, imkoniyat. Aslida iste’dod har bir insonda bor, faqat kimdir uni o‘z vaqtida anglab, o‘z mehnati orqali rivojlantiradi, kimlardir esa yuq. Insonga 1 foiz iste’dod beriladi, qolgan 99 foiz iste’dod esa faqat mehnat orqali shakllantiriladi. Meni nazarimda, iste’dod va mehnat yonma-yon yuradi. Sport sohasini oladigan bo‘lsak, sportchining iste’dodi bo‘lib turib, betinim mehnat orqali mashq qilib chiniqmasa, kurash maydonida ko‘zlangan g‘alabaga erisha olmaydi. San’at sohasida ham huddi shunday. Tinimsiz ijodsiz, tinimsiz mehnatsiz na ijodkor iste’dod yuzaga chiqadi, na buyuk shaxs bo‘ladi. E’tibor qilsangiz, katta yutuqlarga erishgan shaxslar vaqt va mehnat tushunchasini chuqur anglab yetganlar. Ular ma’lum bir vaqt oralig‘ida katta yutuqlarga erishganlar. Biror bir natijaga erishaman degan maqsad bilan harakat qilayotgan yoshlar uchun har ikkisi ham muhim deb hisoblayman.

– Bugun san’at sohasida ijod qilayotgan yosh iste’dod egalarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini to‘la namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan «Nihol» Davlat mukofotining ta’sis etilishi ham Siz kabi ko‘plab yosh xonandalar ijodining gullab-yashnashiga katta turtki bo‘lmoqda…

– Ha, to‘g‘ri, hozirda nafaqat san’at sohasida balki, barcha sohalarda yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti», «Yangi avlod», respublika bolalar ijodiy festivali «Kelajak ovozi», respublika ko‘rik-tanlovi «Yagonasan, muqaddas Vatan reapublika qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi kabi bir qancha ko‘rik-tanlovlar bor. Bu tanlovlar orqali ayniqsa, endigina teta-poya qilayotgan ijodkor yoshlarga bildirilayogan katta ishonch va Vatan oldidagi katta mas’uliyat. Ijodkor inson uchun eng avvalo unga nisbatan ishonch bo‘lsa, u yanada ilhomlanib mukammal asarlarga qo‘l uradi, izlanadi, yangilik yaratishga intiladi. Yurtimizda o‘tkazilayotgan uch bos­qichli: «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» kabi sport bellashuvlari ham yoshlarni jismonan kamolotga yetaklamoqda. Yaqinda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan «Universiada-2013» sport musobaqalarining barcha madaniy tadbirlarida ishtirok etib keldim. Yurtimizning turli viloyatlaridan faqat g‘alaba qozonishni maqsad qilib kelgan yoshlarni ko‘pligiga guvoh bo‘ldik. Bu bejiz emas. Sababi biz shu yurtning farzandimiz, har bir yosh avlod shu yurt ravnaqi, farovonligi, gullab yashnashi uchun o‘z hissasini qo‘shishni juda ham xohlaydi.

Yana o‘qing:  Iftixor timsoli

Asl san’atning vazifasi insonlarni ezgulikka chorlash, ular o‘rtasida do‘stlik, mehr-oqibat, muhabbat kabi chin insoniy fazilatlarni targ‘ib etishga xizmat qiladi…

Albatta, qaysi san’at turi bo‘lishidan qat’iy nazar asl san’at muxlislarini ong-u shuuriga tez yetib borishi hammamizga ma’lum. Hozirgi kunda chin insoniy fazilatlarni targ‘ib qiluvchi qo‘shiqlar talaygina, masalan ezgulik, do‘stlik, muhabbatni madh etuvchi ijod namunalari bor, lekin asl san’at o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U yillar mobaynida shakllanadi. Meni nazarimda insonlarni ezgulikka chorlash, do‘stlik, mehr-oqibat, muhabbat fazilatlarining shakllanishi yoshlikdan hattoki beshikdanoq ona allasidan boshlanadi. Ona allasi orqali uning murg‘ak qalbi mehrga to‘ladi, dunyoni o‘zicha anglaydi, shu orqali uning ma’naviyati shakllanadi. Ona allasining yoqimli ta’sirida orom olgan farzand, kelgusida ezgulikka intiluvchi, mehr-oqibatli, sofdil inson bo‘lib ulg‘ayadi. Ona allasining ilohiyligi shundaki, uni kuylash uchun shoir onalarga maxsus she’r yozib bermaydi, allani har bir ona o‘z dilidan chiqarib aytadi. Allaning sehri, uning ta’siri ham ana shunda. Barcha sevib ijro etuvchi yurt madhiyasida ham betakror jozibador. Mad­hiyani qalbiga jo qilgan askar Vatan uchun jonini qurbon qilish kerak bo‘lsa u hech ikkilanmaydi. Madhiyani dilidan aytgan sportchi albatta g‘alaba qiladi.Uning sharafiga gimn aytilsa, bayroq ko‘tarilsa, ko‘zida yosh qalqiydi. Madhiya g‘urur qo‘shig‘idir. Shu o‘rinda Aflotunning «Davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir», degan gaplarini eslash joiz. Agar tarixga nazar soladigan bo‘lsak, sarkardalar urushdan oldin askarlarga mardonavor qo‘shiqlarni ayttirishgan, eshittirishgan. Sababi musiqada ilohiy kuch bor. Shunday narsalar borki uni kuch bilan emas balki, musiqa yordamida hal etsa bo‘ladi. Hozirgi kunda «ommaviy madaniyat» ta’siriga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun asl san’atni to‘g‘ri ajrata olish hususiyati ham muhim hisoblanadi.

– Qo‘shiqqa ma’no-mazmunga ega she’r tanlash ijod mahsulining muvaffaqiyatli chiqishida muhim o‘rin tutadi. Qolaversa, bu omil san’atkorning did va saviyasini ham belgilab beradi…

Ijodkor yaxshi ijod namunasi yaratish jarayonida ko‘p mutaxassislarga murojaat qiladi. Qo‘shiq yaralishida uchta bosqich: she’r, musiqa, ijro o‘zaro uyg‘unlashuvi muhim hisoblanadi. Unda shoir, bastakor va ijrochi birlashadi. Shoir she’r yozadi, bastakor musiqa bastalaydi, ijrochi uni ijro etadi. Qo‘shiqning muvaffaqqiyatli chiqishida she’r muhim o‘rin tutadi, lekin asosiy vazifani faqat uning o‘zi bajarolmaydi. Sababi har birining o‘z o‘rni, o‘z vazifasi bor. Qachonki mana shu uch bosqichda shoir, bastakor, ijrochi fikri bir joydan chiqsagina o‘ylagan maqsadga yetiladi. Bu esa san’atkorning va u bilan hamkorlikda ishlagan ijodkorlarning did va saviyasini belgilab beradi. Shaxsan men uchun she’r, musiqa, ijro ham muhim. Sababi she’r yetkazib berolmagan jihatlarini musiqa yetkazib beradi, ijro esa uni yanada mukammallashtirib sayqallaydi. Shu sababli har bir yaratilayotgan hox u qo‘shiq bo‘lsin, hox u ashula san’atkorning yuzi hisoblanadi.

Yana o‘qing:  Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

– Bugungi globallashuv davrida haqiqiy san’atning qadri juda baland ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyati, ruhiyatiga xavf solayotgan «ommaviy madaniyat» ta’sir kuchini kamaytirishda ham san’atning o‘rni beqiyos, ammo shunday bir davrda ba’zi ijodkor teng­doshlarimizning G‘arb musiqasiga ko‘r-ko‘rona yondashayotgani sayoz va o‘ta jo‘n ijod bilan xalq mehrini qozonishga urinayotganligi achinarli, albatta. Bu haqida nima deysiz?

– To‘g‘ri, hozir texnika rivojlanayotgan davrda yashayapmiz. G‘arb musiqasi turli xil yo‘llar, texnik vositalar orqali mamlakatimizga kirib kelyapti, yoshlar ting­layapti, videoroliklar paydo bo‘lmoqda. Lekin har narsaning foydasi bo‘lgani kabi zarari ham bo‘ladi. Hozirgi kunda hamma san’atkorlar ham G‘arb musiqasi orqasidan ergashib ketyapti deb aytolmayman, lekin uning ta’siridan mustasno ham emas. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu holat ko‘proq bugungi yoshlarga mana shunday qo‘shiqlar yoqadi yoki u tezroq mash­hur bo‘lish maqsadida yurgan ijodkorlarda shu holatlar uchramoqda. O‘z millati, xalqining musiqiy san’atini chuqur bilmaganlar, uni o‘zining qo‘shiqchiligi uchun poydevor qilib olmaganlar osongina xorij musiqasi ta’siriga tushib qoladilar. Milliy musiqamizni o‘zining musiqiy asarlarida asos qilib olgan yoshlar kam xato qiladilar. Ikkinchi tomondan, achinarlisi shuki, ba’zi ustoz san’atkorlarimiz ham xorij qo‘shiqlarini bilib-bilmay, mazmuniga yetmay moda, to‘ybop, zamonga mos deb kuylamoqdalar. Endi ijodini boshlagan yosh san’atkorlar ustoz san’atkorlarga havas qiladi, intiladi, qaysidir ma’noda taqlid ham qiladi. Lekin hayron qolarli jihati shundaki, oldimizdan oqayotgan suvning qadriga to‘laqonli yetmayapmiz. Shunday bo‘lsada, tinglovchi asl san’at asarini menimcha bemalol ajarata oladi. Me’yorini yaxshi bilgan inson, milliy va xorijiy musiqa asarlarini o‘z me’yorida tinglovchiga yetkazadi. To‘g‘ri yo‘l tuta olishiga ishonaman.

– Sog‘lom turmush tarzi insonning kundalik ehtiyoji, shunday emasmi? Bu sizning hayotingizda qay darajada o‘rin tutadi?

– Shunday. Mening hayotimda sog‘­lom turmush tarzi juda ham muhim o‘rin tutadi. Odamzot hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi. Men shu qoidaga rioya qilaman. Sog‘lom turmush tarzini men shunday tushunaman.

Farhod TOLIPOV suhbatlashdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: