Kulgi-shifo

Pochtaga xat kelib tushibdi. Manzilni ko‘rishsa, bir bola Qorboboga atab yuborgan ekan. Pochta xodimlari uni qayerga yuborishni bilmay, noiloj ochib o‘qib ko‘ribdi. Maktubda shunday yozilgan ekan: “Qorbobojon, men sovuq joyda yashayman. Ko‘chaga chiqish uchun palto, etik, telpak va qo‘lqopim yo‘q. Ota-onam ham olib bermayapti. Iltimos, Qorbobojon, menga Yangi yilga sovg‘a qilib shulardan bittaginadan olib keling”!

Pochta xodimlari imkoniyatiga qarab pul yig‘ibdi. Ammo mablag‘ sal kamlik qilib, qo‘lqopga yetmay qolibdi. Noiloj borini bir qutiga joylab, manzil bo‘yicha jo‘natishibdi.

Yangi yildan keyin o‘sha boladan yana xat kelibdi. Albatta, Qorboboga atalgan. Pochtadagilar ochib o‘qisa, unda shunday so‘zlar yozilgan ekan: “Rahmat, Qorbobojon! Sovg‘alaringizni oldim, lekin qo‘lqopi yetib kelmabdi. Hoynahoy, pochtadagilar olib qolgan bo‘lsa kerak…”

 

***

Bolakay sovg‘a bergan Qorboboga minnatdorlik bildiryapti:

– Qorbobojon, menga keltirgan sovg‘alaringiz uchun… haligi… katta rahmat!

– Arzimaydi, bolajonim!

– Menimchayam arzimaydi. Lekin oyim shunaqa degin, dedi-da.

 

***

– Botir, sen Yangi yilni qanday kutib olding?

– Bilmayman, menga bu haqida hali aytib berishmadi.

Yana o‘qing:  Endi istalgan manzilni topish mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: