Ko‘nglim tinchimayapti

O‘tash akaning uylari shundaygina tog‘ yon bag‘rida joylashgan. Kakliklarning sayragan ovozlari, arxarlarning biri-biri bilan shoxlashgandagi shovqinlari eshitilib turadi. Bu yerda bir degandan to‘qson kun qor turadi. Qishning izg‘irinli kunlarida ozuqa topolmagan jonivorlar bemalol qishloq yaqiniga enishadi. O‘rganib qolishgan, ziyon yetkazadigan odam yo‘q…

O‘tash aka po‘stinini kiydi, arqonni oldi, muzg‘aloqda toyib ketmaydigan etigini tizzasigacha uzaytib tortdi… Cho‘kichni beliga qistirdi.

– Ha, kallai saharlab, yo‘l bo‘lsin?

Chol kampiriga ma’noli qaradi. Uning qurch qomati, yuzidan yog‘ilib turgan chayir mushaklari bo‘rtib ketdi:

– Ko‘nglim tinchimayapti. Qushlarga don, hayvonlarga xashak berib kelmasam bo‘lmaydi. Anchadan beri yerdan qor ketmayapti…

Bedadan ko‘targanicha oldi, xaltachaga solingan bug‘doyni ortmoqladi, dadil qadamlar tashlab tog‘lar bag‘riga singib ketdi. Kungay joylarda ochilib qolgan joylarga don sepdi, bedaning bog‘ini yechib yoyib qo‘ydi…

O‘tash aka uyiga qaytarkan, kakliklarning zavq bilan sayragan ovozlarini eshitdi, Arxar juftini ergashtirib o‘tib ketdi. Ko‘ngil joyiga tushdi, uning yuziga tabassum yoyildi…

Pardaboy TOJIBOYEV

Yana o‘qing:  TEZ AYTISHNI TEZ AYTAMIZ!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: