Yuksak ishonch mas’uliyati

2017 yil men uchun eng hayajonli yil bo‘ldi, desam, yanglishmayman. Chunki aynan shu yili bir necha yutuqlarni qo‘lga kiritdim. Ana shunday yutuqlardan biri O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak-nishonidir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ushbu mukofoti milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko‘rsatayotgan yoshlarga berilayotgani qalbimda chuqur iz qoldirdi.

Yana shuni ta’kidlashni istardimki, mukofot Bosh Qomusimizning 25 yillik tantanalari oldidan berilgani menda o‘zgacha ishtiyoq uyg‘otdi. Men, albatta, ko‘rsatilayotgan ana shunday g‘amxo‘rlik oldida doim mas’ulligimni his qilib yashayman. Bor kuchim va g‘ayratimni ona Vatan ravnaqiga bag‘ishlayman.

Jamoliddin NURMUHAMMADOV,

“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak-nishoni sohibi,

Xalq ta’limi a’lochisi

Yana o‘qing:  AQSHda malaka oshirgan tadbirkor yurtimiz uchun manfaatli loyihalarni amalga oshirmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: