Kichkintoylar libosi: unda sharqona jilo va milliylik aks etishi lozim

Bolajonlar kiyimidagi suratlarga hech e’tibor berganmisiz? Kompyuter o‘yinlari qahramonlari, go‘zal “barbi xonimchalar”, “o‘rgimchak odam” rasmlari… Afsuski, bu kabi tasvirlar bog‘cha yoshidagi bolalar tarbiyasiga aks ta’sir etib, ular hayotiga yot g‘oyalarning kirib kelishiga turtki bo‘lmoqda.

Aslida bog‘cha yoshidagi bolajonlar liboslarida milliy qahramonlarimiz, buyuk bobokalonlarimiz rasmlari, mehnatsevarlik va vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi tasvirlarni qiziqarli obrazlar orqali ifoda etish lozim. Bu esa ularning ma’naviy dunyosiga ijobiy ta’sir qiladi.

Psixologlarning ta’kidlashicha, bu yoshdagi bolalarda ko‘pgina ijobiy xislatlar ko‘tarinki kayfiyat orqali shakllanar ekan. Demak, yaratilayotgan bolalar kiyimlaridagi tasvir ularda ijobiy fe’l-atvorni shakllantirish va kichkintoylarning kiyinish didini o‘stirishda muhim rol o‘ynaydi, bolaning tafakkurini rivojlantiradi. Shunday ekan, dizaynerlar bu kabi liboslarni yaratishda aynan ana shu jihatlarga alohida ahamiyat qaratishi lozim.

Jumladan, bunday kiyimlarda milliy o‘yinlardan birining tasviri aks etsa, bu orqali bolajonlar qalbida xalq o‘yinlariga bo‘lgan qiziqish ortadi. Shu bois, o‘zim yaratayotgan kiyimlarda milliy o‘yinlar, shuningdek, qiziqarli topishmoq va she’riy parchalarning suratlarini aks ettirishga harakat qilaman.

Shuningdek, bolajonlar kiyimida “O‘yinchog‘im-ovunchog‘im” o‘yinining tasviri aks etsa, ularning tasavvur dunyosi, idroki o‘sadi. Turli xildagi shakllar yasash orqali bolaning fantaziyasi rivojlanadi. “Zaharli tutun” nomli tasvir esa bolajonlarni tabiat muhofazasiga, atrofimizdagi olamni asrab-avaylashga o‘rgatadi.

Agar yaratayotgan liboslarimizda milliyligimizga xos bo‘lgan tasvirlarni qo‘llay olsak, o‘ylaymanki, farzandlarimiz kichikligidanoq, boy tarixiy merosimizni anglagan holda ulg‘ayadilar.

 

Zebo NAZAROVA

Yana o‘qing:  GURUCHARIQNING CHINAKAM FAXRI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: