Hududlarda oliy ta’lim olish imkoniyati kengaytirilishi yoshlarimiz manfaatiga xizmat qiladi
Rostini aytsam, talabalikda poytaxtlik kursdoshlarimga havasim kelardi, ularga mazza, oilasi bag‘rida o‘qib yurishibdi, deb. Uzoq viloyatlardan Toshkentga kelib o‘qish esa… uyda qolgan ota-onangni sog‘inasan, shu vaqtlarda musofirlik noni yana ham qattiq bo‘lib ketgandek tuyuladi…
Hozirgina Prezidentimiz o‘z Murojaatnomasida nafaqat poytaxtda, balki hududlarda ham rivojlangan mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari tashkil etilishini aytdi. Bu bir tomondan yoshlarimizga olisga bormay xalqaro standartlar ta’lim olish imkonini bersa, ikkinchi tomondan o‘sha hududning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Lobar Karimova, jurnalist (Qashqadaryo viloyati)
O‘zA