O‘smirlarimiz muvaffaqiyati

Hindistonning Ahmadobod shahrida shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 5 nafar shaxmatchimiz – Osiyo chempioni Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori Saidakbar Saydaliyev, Sitora Saparova hamda Daler Vohidov himoya qilyapti.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi dastlabki ikki uchrashuvda Janubiy Afrika Respublikasi hamda Argentina terma jamoalarini mos ravishda 4: 0,2, 5: 1,5 hisoblarida mag‘lub etishgandi. Kecha oqshom esa ular eronlik shaxmatchilar bilan 2: 2 hisobidagi durang natijaga imzo chekishdi. Taqqoslash uchun aytish joizki, Eron reytingda ikkinchi, bizning terma jamoamiz esa beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Nodirbek Yoqubboyev va Daler Vohidov kuchli raqiblaridan ustun kelishdi. Shamsiddin Vohidov va Saidakbar Saydaliyev esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Yong‘in xavfsizligiga barchamiz mas’ulmiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: