O‘ninchi sinf o‘quvchisi: uning kasb-hunar egallashi uchun sharoitlar yetarlimi?

O‘tib borayotgan yil yurtimizda o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham muhim yangilanishlar kuzatildi. Aytish joizki, bularning barchasi xalqimiz farovonligi, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bilan bevosita bog‘liq.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga ota-onalardan bo‘lgan murojaatlarda umumta’lim maktablarida 10-11-sinflarni tashkil etish yuzasidan ko‘plab takliflar bildirilgani bois, joriy o‘quv yilidan boshlab yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimi joriy etildi. O‘quvchilar va ota-onalarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi maktablarda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishning yangi tizimi – o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish masalasi muhokama qilinib, yangi o‘quv yili boshlangunga qadar bu majmualarni o‘quv jihozlari, kasb-hunar o‘rganish uchun zarur anjom va uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul idora va shaxslar belgilangandi. Bu borada Jizzax viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.

2016–2017 o‘quv yilida viloyatdagi 542 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 sinfini 21 ming 56 nafar o‘quvchi tamomladi. Hozirda viloyatdagi mavjud maktablarning 516 tasida 10-sinf mavjud bo‘lib, ularda 12 ming 637 nafar o‘quvchi bilim olmoqda, – deydi biz bilan suhbatda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Isomiddin Umarov. – Bitiruvchilarning 870 nafari akademik litseylarda, 7 ming 524 nafari kasb-hunar kollejlarida ta’limni davom ettirmoqda.

Viloyatdagi 60 ta kasb-hunar kolleji hamda 68 ta maktabda jami 128 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilib, ularda o‘quvchilar, chilangar, tikuvchi, haydovchi, duradgor, suvoqchi, novvoy, qandolatchi kabi jami 40 dan ortiq chuqur tayyorgarlik talab etmaydigan kasb-hunarlarni egallash imkoniga ega bo‘lmoqda.

 

– Maktabimizda chilangarlik, tikuvchilik kabi kasb-hunarlar bo‘yicha 158 nafar 10-sinf o‘quvchilari tahsil olmoqda. O‘quv rejasiga ko‘ra 10-sinf o‘quvchilariga haftada 5 kun umumta’lim fanlari va 1 kun kasbiy fanlar o‘tiladi. Aytish joizki, ularning o‘zlari tanlagan sohalariga qiziqishlari juda yuqori, – deydi “Umid” ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab-internati direktori, Xalq ta’limi a’lochisi Sanobar Suyarova.

 

– Men ushbu ixtisoslashgan maktab-internatining 10-sinfida tahsil olaman. Ingliz tili va axborot texnologiyalariga qiziqishim yuqori. Ma’lumki, XXI asr texnika asridir. Sir emaski, hozirda eng rivojlangan sohalar qatorida axborot-texnologiyalari tilga olinadi. O‘quv-ishlab chiqarish majmuamizda kasb-hunar sirlarini puxta o‘rganishimiz uchun yetarli sharoitlar yaratilgan, – deydi Faxriddin Salohiddinov.

Yana o‘qing:  Mirjalol Qosimov: “2013 YIL O‘ZBEKISTON FUTBOLI UCHUN OMADLI KELSIN!”

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu majmualarda kasb egallagan o‘quvchilarga 11-sinfni tamomlaganidan so‘ng yetuklik attestati bilan birga, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi.

Xurshida HUSENOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: