Bosh qomusimiz – bolalar nigohida
Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 569-maktabgacha ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlab “Bosh qomusimiz – bolalar nigohida” deb nomlangan bayram bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bolajonlar mustaqillik, madhiya, gerb, bayroq haqida yodlagan she’rlari va Konstitutsiyamiz moddalaridan aytib berishdi. Ayniqsa, jajji bolajonlar ijrosidagi sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 148-umumta’lim maktabida Bosh qomusimizning 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram oldidan barcha sinfda “Ochiq darslar” o‘tkazildi. Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar ittifoqi yetakchilari o‘quvchilarga konstitutsiyamiz tarixi, undagi moddalar haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.
Tadbirda she’riy va badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.