“Aqlli” eshik qulfi

“Gate Smart Lock” – innovatsion qulflarning eng so‘nggi avlodi bo‘lib, o‘zida himoya vositalarining barcha ilg‘or funksiyalarini mujassamlashtirgan.

U eshikka qo‘yiladigan oddiy va sifatli qulfdan katta emas, atigi 2 ta bolt bilan joyiga o‘rnatiladi. Qulfni sindirish yoki buzib ochish juda mushkul.

Bu qurilma bir necha oyga yetgulik avtonom energiya manbasida ishlaydi. Agar manba quvvatsizlansa, qulf ochilmay qoladi. Bunday vaqtda oddiy kalit yoki raqamli parolni, xohishga ko‘ra ikkalasini ham birvarakayiga ishlatish mumkin. Ushbu raqamli qurilma yordamida uy egasi bilan aloqaga chiqish mumkin. Aloqa kamera va mikrofon yordamida ovozli tasvir bilan ta’minlanadi. Bu bilan kutilgan yoki kutilmagan mehmonning kimligini aniqlash imkoni yaratiladi. Bundan tashqari eshik ochiq yoki yopiq bo‘lishidan qat’iy nazar ostonada kimdir to‘xtab yoki turib qolsa, uy egasiga o‘sha zahotiyoq xabar beradi. Qulf distansion tarzda ham ishlash imkoniga ega.

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Quvvatbaxsh ichimliklardan ham kuchliroq meva

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: