Saidamirxon – Osiyo chempionati sovrindori

Gongkongda konkur-to‘siqlar osha ot sakratish bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan II Osiyo chempionatida Saidamirxon Turg‘unboyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida O‘zbekiston dunyoga sporti jadal rivojlangan mamlakat sifatida tanildi. Jumladan, navqiron avlod o‘rtasida ot sportini yanada ommalashtirish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasida sportchilarimiz nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, hamyurtimiz jahonning yigirma nafar tajribali chavandozlari orasida o‘z mahoratini to‘la namoyish etib, muxlisu mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. Yakunda Saidamirxon shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Quvvatbaxsh ichimliklardan ham kuchliroq meva

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: