E’zoz va e’tirof shukuhi

Oleg SIN,

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil”

esdalik nishoni sohibi, iste’fodagi polkovnik:

O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab, barchamiz uchun yagona bo‘lgan Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. Mamlakatimizda shakllangan xalqlar do‘stligi, millatlararo totuvlik O‘zbekistonimizning ulkan yutuqlaridan bo‘lib, u tufayli yurtdoshlarimiz kelajakka qat’iy ishonch bilan qaramoqda. Iste’foga chiqqanimdan so‘ng ham bo‘lajak Vatan himoyachilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan kamtarona hissam yuksak baholanganidan xursandman.

 

Gavhar YARASHEVA,

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni sohibasi,

Angren shahridagi 27-umumta’lim maktabi direktori:

Maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan jajji bolajonlardan kelajakdagi orzularini so‘rasangiz, dadillik bilan “Ustoz bo‘laman”, deya javob beradi. Bu esa murg‘ak qalblarning o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan cheksiz hurmat va havasidan dalolat.

Mamlakatimizda mehnat qilgan inson borki, doimo e’tibor va e’zozda. Avvalo, ushbu esdalik nishoniga loyiq ko‘rilganim uchun Yurtboshimizga cheksiz minnatdorlik bildiraman.

Biz ustoz-murabbiylar jonajon Vatanimizning eng katta boyligi unib-o‘sib kelayotgan farzandlari ekanini chuqur anglaymiz. Shu bois, har bir bolaning kelgusida ilm-ma’rifatli, ziyoli va vatanparvar bo‘lishi yo‘lida bor bilim va tajribamizni ayamaymiz.

Men faoliyat yuritayotgan maktab chin ma’noda iste’dodlar maskani, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘quvchilar sport, san’at, adabiyot va ta’lim sohalarida qator yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bugun maktabda o‘nlab respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari tahsil olmoqda. Menga berilgan ushbu esdalik nishon nafaqat mening, balki, maktab jamoasi va ilmga chanqoq o‘quvchilarimning mehnati, intilishlari samarasi, deb bilaman.

Oxun UMAROV,

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni sohibi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi:

Bosh Qomusimiz qabul qilingandan buyon o‘tgan davr ichida unda belgilangan iqtisodiy va siyosiy-huquqiy g‘oyalar jamiyatimiz hayotida bosqichma-bochqich o‘zining amaliy ifodasini topib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda farzandlarimizning bilim olishi, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘la namoyon etishida Konstitutsiyamiz poydevor vazifasini o‘tamoqda.

Tashkil etilganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ham samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi dorulomon kunlarda yosh avlod kamoloti yo‘lidagi sa’y-harakatlarim davlatimiz tomonidan e’tirof etilib, “O‘zbekiston konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandim. Nasib bo‘lsa, bu e’tiborga javoban yanada g‘ayrat bilan ishlashga, o‘zimning yangi g‘oyalarimni soha rivoji yo‘lida safarbar etishga va’da beraman.

Yana o‘qing:  Qars ikki qo‘ldan...

Shahlo BOYMURATOVA,

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni sohibasi, Uchtepa tuman 9-sonli tug‘ruq kompleksi shifokori:

Har bir mamlakat ertangi kun iqbolini barkamol farzandlari va ularning nurli kelajagida ko‘radi. Shu bois ham yurtimizda farzandlarimizni har tomonlama sog‘lom va yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishi yo‘lida qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Millat ertasini belgilovchi ona va bola salomatligiga esa davlat miqyosida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz olib borayotgan oqilona siyosat sabab, yurtimizdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tez tibbiy yordam xizmatlari, tug‘ruq komlekslari faoliyati tubdan takomillashtirilmoqda. Bu borada Uchtepa tuman 9-sonli tug‘ruq kompleksida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Sog‘lom ona va bola” konsepsiyasi asosida muassasamizda faoliyat yuritayotgan ginekolog va akusherlar malakasi oshirildi, markazning moddiy-texnik bazasi yangilandi.

Bu kabi xayrli ishlarga qo‘shgan ozmi-ko‘pmi hissam e’tiborga olinib, Prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlanganim hayotimdagi unutilmas voqealardan biri bo‘ldi. Bu yuksak e’tirof biz shifokorlarga o‘z kasbimizga bo‘lgan mehr va mas’uliyatni yanada oshiradi. Men kabi soha vakillarini yanada kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishga undaydi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: