2020 yilda mamlakatimiz aholisi ro‘yxatga olinadi
Butun dunyo mamlakatlari 2020 yili aholini ro‘yxatga olish amaliyotini o‘tkazadi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ham bu vaqtgacha normativ hujjatlar qabul qilinsa Davlat statistika qo‘mitasi bu ishni amalga oshiradi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 2017 yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekiston aholisi 32,5 million kishini tashkil etgan. Shundan 523 mingi yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsa, 116 mingdan ortiq fuqaro vafot etgan. 192 mingdan ziyod nikoh ro‘yxatdan o‘tgan, 23 ming oila ajralishga qaror qilgan.
Bundan keyin Prezident farmoyishiga asosan har 10 yilda bir marta aholini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri yo‘lga qo‘yiladi. Hukumat tomonidan topshiriq berilgandan so‘ng bu tadbir amalga oshiriladi.