Yurtimizda yagona turistik viza joriy etildi

Joriy yilning 4 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoevning qarori bilan 2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida turistik vizalar berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, endilikda yakka tartibdagi xorijiy fuqarolarga 30 kun muddatga beriladigan yagona turistik viza joriy etiladi. Avval qisqa muddatli (7 yoki 15 kunga) turistik vizani olgan chet el fuqarolari biror sababga ko‘ra qaytish reysining ushlanib qolishi tufayli ko‘p hollarda vizani uzaytirish muammosiga duch kelardi. Yakka tartibdagi xorijiy sayyohlar uchun kirish turistik vizalarini rasmiylashtirish narxi uchdan bir qismga (60 dollardan 40 dollarga) kamaytiriladi. Turistik vizaning yuqori narxda bo‘lishi mamlakatga sayohat qilish bo‘yicha qaror qabul qilishga to‘siq bo‘luvchi omillardan biri edi.

Yana o‘qing:  Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida imkoniyatlar kengaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: