Tasvirni o‘ta tiniq uzatuvchi cho‘ntak proyektori
Shvetsiyalik konstruktorlar kompyuter yoki smartfonsiz ishlovchi proyektor yaratish g‘oyasini amalga tatbiq qildilar.
Ular proyektorga sensorli ekran o‘rnatdilar. Bu bilan proyektorni kompyuter, noutbuk, televizor yoki boshqa qurilmaga ulanish imkoniyati cheklanmaydi. Ushbu ekranning dioganali 4.1 dyumga teng. Proyektor ko‘plab sevimli ilovalarni o‘rnatish imkoniyatlarini beruvchi Android 7.1 operatsion tizimi yordamida boshqariladi. Tizimga Snapdragon 625 protsessori, 16 Gb domiy xotira va 2 Gb operativ xotira hamda 7000 mAch hajmli akkumulyator xizmat ko‘rsatadi. Proyeksiya Texas Instruments DLP moduli yordamida 50 dan 100 lyumengacha yorug‘lik bilan yuzaga tushirilishi mumkin. Tasvir sig‘imi 1280 x 720 r ga teng. Shuningdek, qurilma Bluetooth 4.1, Wi-Fi va 4G texnologiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan.