Bokschilarimiz xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashdi

Beloyarskiy shahrida tashkil etilgan turnirda bokschilarimiz 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirda mezbon bokschilardan tashqari O‘zbekiston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Polsha, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Moldaviyadan 150 ga yaqin sportchi 10 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqada tajribali bokschimiz Hasanboy Do‘smatov o‘zini 52 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda sinab ko‘rdi. U ozarbayjonlik Qosqar Safarli, rossiyalik Artur Lojnikov va Rasul Jayevni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘z vazn toifasida Isroil Madrimov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunov ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kamensk-Uralskiy shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi an’anaviy xalqaro turnirda qatnashgan Samandar Xolmurodov, Abdumalik Xalikov, Halimbek Utegenov, Jahongir Rahmonov, Manguberdi Abdurasulov, Jamshid Mahamadaliyev barcha raqiblarini yengib, terma jamoamiz hisobini oltin medal bilan boyitdi. Sadir Kamolmirzayev va Alimardon Abdujabborov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida Otabek Ahadov va Komiljon Yusupov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Shifokorlar qog‘ozbozlik o‘rniga o‘z ishi bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: