Uzum osteporoz xastaligiga davo
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra uzumning har qanday turi me’yorida iste’mol qilinsa, osteoporoz xastaligini davolashda juda qo‘l kelarkan.
Osteporozga uchragan odamning suyaklari haddan ziyod mo‘rtlashib, arzimagan kichik zarba natijasida ham sinib qoladigan holatga kelib qoladi. Uzum esa shu suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu xastalikka aksar hollarda yoshi 50 dan o‘tgan erkak va ayollar duchor bo‘ladi.
Bundan tashqari uzum turli xastaliklar profilaktikasi maqsadida ham juda qo‘l keladi. Uni doimiy tarzda iste’mol qilinsa, u tishlar to‘kilishiga sababchi bo‘luvchi bakteriyalarni ham nobud etadi. Shuningdek, uzum qonni ham suyultiradi. Ammo, qandli diabet bilan og‘riganlar faqat shifokorlar tavsiyasi bilangina uni juda kam miqdorda iste’mol qilishlari lozim.
Nargiza YULDASHEVA,
1-Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi