O‘zbekiston yosh fermerlarining I respublika forumi o‘tkazildi
Poytaxtimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh fermerlar kengashi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Ona yer yoshlar qo‘lida” shiori ostida O‘zbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi o‘tkazildi.
Yosh fermerlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, erishgan yutuqlarini ommalashtirish, ular faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yurtimizning barcha tumanlaridan 700 dan ortiq yosh fermer, tegishli tashkilot va tijorat banklari vakillari ishtirok etdi. Forumda ilg‘or fermer xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlarining ish tajribalari va erishgan yutuqlarini yoshlarga o‘rgatish maqsadida “Mahorat darslari” tashkil etildi. Yangi ishlab chiqilayotgan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi nizom keng muhokama qilinib, yosh fermerlar tomonidan ushbu hujjatga qator takliflar berildi.
Ilyos SAFAROV,
O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi matbuot kotibi