Zamonaviy “Avtoambulans”lar

ijtimoiy patronaj brigadalariga qulaylik

Jismonan baquvvat, ma’nan yetuk farzand­larni tarbiyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishiga erishish, aholi o‘rtasida sog‘­lom turmush tarzini qaror toptirish borasida Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu jamg‘arma qoshida tashkil etilgan Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tibbiy diagnostika texnikasi bilan jihozlangan “Avtoambulans”larda mahallalarda, chekka qishloq va ovullarda samarali faoliyat olib bormoqda. Mazkur tizim moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholining kengroq qatlamlarini qamrab olish maqsadida 2010-2013 yillarda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan «Hyunday» mobil klinikasi, 2012 yilda esa Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish Agentligi tomonidan «Sog‘­lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasiga taqdim etilgan «Peugeot» rusumidagi “Avtoambulans” yordamida Farg‘ona viloyati mintaqaviy filiali patronaj tizimida zamon talablariga mos samarali tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yildi.

«O‘zavtosanoat» AK homiyligida sotib olingan 5 ta «Gazel» rusumidagi maxsus avtomashina ham tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Jamg‘arma Tibbiy ijtimoiy markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu avtomashinalar Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyat­larining mintaqaviy filiallariga topshirildi.

– Bunday qulay imkoniyat tufayli viloyatning eng chekka va noqulay hududlarida istiqomat qilayotgan aholiga tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmati ko‘rsatiladi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi olib borayotgan ishlarimiz ko‘lami yanada kengayadi, – deydi Buxoro viloyati «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi mintaqaviy filiali direktori Muborak Ahmedova.

Taqdimot marosimida so‘zga chiqqan «Sog‘lom avlod uchun» xal­qaro xayriya jamg‘armasi bosh­qaruvi raisi Svetlana Inamova, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘­liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Asomiddin Komilovlar yaratilayotgan bunday qulay imkoniyatlar aholi salomatligini mustahkamlash borasida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi. Tadbir so‘nggida «Orom» bolalar guruhi tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarni xushnud etdi.

J.HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: