Xursandchilik ulashmagan g‘alaba

2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi kurashni pley-off bosqichida davom ettiradigan bo‘ldi.

Osiyo saralash mintaqasining to‘rtinchi bosqichida «A» guruhida to‘p surgan Mirjalol Qosimov shogirdlari Toshkentda o‘tgan so‘nggi turda Qatar milliy terma jamoasini 5:1 hisobida yengdi.

Hamyurtlarimiz dastlabki daqiqadan hujumga zo‘r bergan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi. Futbolchilarimiz ikkinchi bo‘limda hujumni yanada kuchaytirdi. Buning samarasi o‘laroq Bahodir Nasimov ikkita, Oleg Zoteev, Odil Ahmedov va Ulug‘bek Baqoyev bittadan gol urib, terma jamoamizning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Biroq, bu g‘alaba jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olishimiz uchun yetarli bo‘lmadi. Sababi Janubiy Koreya futbolchilari o‘z maydonida eronliklarga 0:1 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

Shunday qilib, Eron milliy terma jamoasi 16 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekis­ton va Janubiy Koreya bir xil – 14 tadan ochko jamg‘argan bo‘lsa-da, to‘plar nisbatiga ko‘ra koreyaliklar ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

– Bugun maqsadimiz o‘zbek futbol muxlislariga xursandchilik ulashish edi. Afsuski, niyatimiz amalga oshmadi. Bu ish nasib qilmagan ekan. Nima bo‘lganda ham hayot davom etadi. Bizni oldinda muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Endi bor e’tiborimizni o‘sha bahs­larga qaratishga majburmiz, – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi uchrashuv nihoyasiga yetgach, terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov.

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA tomonidan Osiyo qit’asi uchun jahon chempionatiga to‘rt yarimta yo‘llanma ajratilgani bois O‘zbekiston milliy terma jamoasi endi «V» guruhining uchinchi jamoasi bilan uy-safar tizimida ikkita uchrashuv o‘tkazadi. G‘olib jamoa jahon chempionatiga chiqish uchun Janubiy Amerika mamlakatlari saralash musobaqasida beshinchi o‘rinni egallagan terma jamoa bilan ikki uchrashuvda maydonga tushadi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Kleopatra go‘zalligining siri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: