Yoshlar terrorizmga qarshi
Yaqinda Karmana tumanidagi 3-umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda ichki ishlar xodimlari, “Do‘rmon” mahalla faollari, mutaxassislar hamda o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda dunyodagi notinch vaziyat, jumladan, yaqin kunlarda AQSHda bo‘lib o‘tgan qo‘poruvchilik harakatlari, qolaversa, boshqa yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan, millatimiz nomini oyoqosti qilayotgan ayrim yurtdoshlarimizning g‘arazli qilmishlari haqida so‘z yuritilib, yoshlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi.
Dilbar KARIMOVA