Inson va salomatlik
Farg‘onada “Inson va salomatlik” mavzuida tibbiyot xodimlarining III mintaqaviy kongressi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda yurtimiz olimlari, shifokorlar va xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi. Anjumanda kardiologiya, nevrologiya, pediatriya, pulmonologiya sohalarida kasalliklar profilaktikasi, ularning diagnostikasi va davolashning zamonaviy usullari, bu borada erishilgan yutuq va mavjud muammolar xususida fikr almashildi.