Hamma gap samimiyatda

Charli Chaplin hikmatlaridan

  • Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi.
  • Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
  • Men siyqasi chiqqan mavzudan qo‘rqmayman. Hayotning o‘zi to‘lasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va o‘lamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qo‘yamiz.
  • Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir.
  • Hech qachon bola bo‘lmaganlar katta ham bo‘lmaydilar.
  • Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni ko‘rolmaydi.
  • Tabassumsiz kun – yo‘qotilgan kun.
  • Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qo‘yishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uyg‘unlashtira olsam, u o‘sha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.
  • Men kambag‘allikda hech qanday joziba yoki ibrat ko‘rmayman. U menga hech narsani o‘rgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi.
  • Hamma gap samimiyatda. Chol banan po‘chog‘iga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir bo‘lsa, miriqib xoxolaymiz.
  • Mening og‘rig‘im kimningdir kulgisiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir og‘rig‘iga sabab bo‘lmasligi kerak.
  • Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.
  • Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U bilan har kuni shug‘ullanib turish kerak.
  • Hayot repetitsiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yig‘lang, raqsga tushing, kuling va qo‘lingizdan kelganicha yaxshi yashang.

Orif TOLIB tarjimasi

Yana o‘qing:  Kulgu – shifo (2012/52)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: