Suv ta’minoti sohasidagi islohotlar muhokama qilindi
So‘nggi o‘n yil mobaynida O‘zbekiston hukumati suv ta’minoti va sanitariya (STS) xizmatlari modernizatsiyasiga katta mablag‘lar yo‘naltirdi. Ushbu masala bo‘yicha erishilgan yutuqlarga qaramasdan mamlakat fuqarolari, ayniqsa, qishloq joylarda hamon toza ichimlik suvi bilan muammolarga duch kelmoqda.
Joriy yil 7 noyabr kuni poytaxtimizda Jahon banki va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan seminar tashkillashtirildi.
Aytish kerakki, hozirgi kunda Jahon banki O‘zbekistonda qiymati taxminan 2 mlrd. dollar bo‘lgan 16 ta loyihaning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik, suv ta’minoti va sanitariya kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi.