“Toshkent moda haftaligi – 2017”

“Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi tomonidan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan mazkur haftalikning ochilishiga yengil sanoat korxonalari vakillari, libos dizaynerlari, oliy o‘quv yurtlarining talabalari va chevarlar taklif etildi.

Moda haftaligi yurtimiz va xorijlik dizaynerlarning ijodi bilan yaqindan tanishish, ularning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun imkon yaratish, yosh dizaynerlar, modelyerlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishdek maqsadlarni ko‘zlaydi. Tadbir doirasida o‘zbek milliy matolari ko‘rgazmasi, yosh modelyerlar ijodining namoyishi, mualliflik ishlari taqdimoti, o‘quv seminarlari, yoshlar uchun mahorat saboqlari, “Tashkent fashion performance” o‘zbek va xorijiy dizaynerlarning ijodiga oid defile, milliy liboslar festivali bo‘lib o‘tadi.

Yana o‘qing:  ZAMONAVIY SPORT MAJMUASI YOSHLAR BILAN GAVJUM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: