Janubiy koreyalik oftalmologlar Farg‘onada
Farg‘ona viloyati oftalmologiya shifoxonasida Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti oftalmolog shifokorlari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan sohaga oid davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Bu yilgi aksiyada ham Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan bemorlar Janubiy koreyalik malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tmoqda. Aniqlangan kasalliklar jarrohlik amaliyoti bilan bartaraf etilayotir.
Janubiy koreyalik malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlari viloyat shifokorlarining tajriba va mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi.