O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Jahon banki vakillarini qabul qildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Jahon bankining ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Nina Kolbashkina, ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha bosh konsultanti Jennifer Shkabatur, ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha konsultanti Rano Tlepova, ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha konsultanti Inoyat Sadikova hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov, mas’ul xodimlar Murodilla Alimbayev, Furqat Normatov va Bunyod G‘ofurov ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda N.Kolbashkina O‘zbekiston Respublikasida Jahon bankining vazifalari hamda ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq turli loyihalari bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, Jahon banki vakili O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga tashrifi sabablarini ham keltirib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda qator ijtimoiy loyihalarni tashkil etish niyatida ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari K.Beknazarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini batafsil gapirib, yoshlar tashkiloti bu hamkorlikga hamisha tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Unda qator masalalar ko‘rildi.